Iqtisodiyot | 17:48
6414
2 daqiqa o‘qiladi

1 iyuldan pensiya va nafaqalar, 1 sentabrdan oyliklar oshadi

Prezident farmoni bilan, 2026 yil 1 iyuldan pensiya va nafaqalar 7 foizga oshiriladi. 2026 yil 1 sentabrdan e’tiboran budjet tashkilotlaridagi oyliklar va stipendiyalar ham 7 foizga ko‘tariladi. 1 sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori 6,8 foizga ko‘tarilib, 440 000 so‘mga teng bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida” prezident farmoni e’lon qilindi.

Pensiya va nafaqalar

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:

  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;

  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m;

  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
    · 3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m;
    · 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;
    · oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;
    · oilaning 3– va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m;

  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi.

2026 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi.

Oyliklar

2026 yil 1 sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

MHTEKM va BHM

2026 yil 1 sentabrdan:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;

  • bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid