“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar iş haqi miqdorlarini oşiriş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi
Qarorga köra, davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi quyidagi miqdorlarda oşiriladi:
- 2025 yil 1 yanvardan boşlab – 20 foizga;
- 2025 yil 1 iyuldan boşlab – yana 15 foizga oşiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va taşkilotlarida faoliyat körsatayotgan xodimlarning iş samaradorligini baholaş (KPI) tizimi joriy qilinadi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 oktyabrdan boşlab budjet taşkilotlarida işlovçi tibbiyot xodimlari, şuningdek, maktabgaça, umumta’lim, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari ta’lim muassasalari va taşkilotlari, «Muruvvat» internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida işlovçi pedagog xodimlarning iş haqi miqdori 15 foizga oşirilgan edi.












