Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil OTMni bitirganlarining o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi
Eng yuqori o‘rtacha ish haqi biznes va boshqaruv yo‘nalishi bitiruvchilarida - 8,5 mln so‘m. Keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichlar huquq (7,3 mln so‘m) hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (6,8 mln so‘m) yo‘nalishlarida qayd etilgan.
2025 yilda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xabar berdi.
Bitiruvchilar sifati indeksi doirasida 114 ta oliy ta’lim tashkilotining 242,6 ming nafar bitiruvchisi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki modellash natijalariga ko‘ra:
-
Bandlik darajasi – 75 foiz;
-
O‘rtacha oylik ish haqi – 5,1 mln so‘m;
-
O‘rtacha ishga joylashish muddati – 2 oy 1 kun.
Bitiruvchilarning 60,1 foiz qismi dastlabki 4 oy davomida barqaror ish bilan ta’minlangan.

Eng yuqori o‘rtacha ish haqi biznes va boshqaruv yo‘nalishi bitiruvchilarida — 8,5 mln so‘m. Keyingi eng yaxshi ko‘rsatkichlar huquq (7,3 mln so‘m) hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (6,8 mln so‘m) yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Bitiruvchilar sifati indeksi bo‘yicha esa matematika va statistika (69,6 ball), ta’lim (66,7 ball) hamda biznes va boshqaruv (63,9 ball) yo‘nalishlari yetakchilik qilgan.
Indeks natijalariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 ta OTM karera markazi 500 mln so‘mdan rag‘batlantiriladi. Yakuniy natijalar 12 oylik ma’lumotlar asosida avgust oyida e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
21:33 / 21.06.2026
OTMlarga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 432 805 nafardan oshdi
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
15:27 / 20.05.2026
Soliqchilarga to‘lanadigan ustamalar oshirildi
21:12 / 03.04.2026