Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yoqilg‘i inqirozi jiddiylashmoqda
Kamida 20 regionda benzin sotuviga cheklov joriy etilgan.
Rossiyada yoqilg‘i inqirozi avj olmoqda. Ukrain dronlari mamlakatning turli hududlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Bunday hujumlar tufayli neftni qayta ishlash korxonalari faoliyatini to‘xtatishga yoki ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lmoqda. Mamlakatning turli qismlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalariga mahsulot yetkazib berishda uzilishlar boshlangan. Shu bilan birga, rasmiylar ko‘p hollarda benzin uchun uzun navbatlar yuzaga kelayotganiga yoqilg‘i yetishmovchiligi emas, balki «talab haddan tashqari oshib ketgani» bilan bog‘lamoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak RF prezidentiga yoqilg‘i bozoridagi vaziyat nazorat ostida ekanini aytib hisobot berdi. Shu bilan birga, Novak «ayrim regionlarda va ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalarida vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi obektiv logistika muammolari» mavjudligini tan olgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Novak neftni qayta ishlash zavodlari benzinni kamroq ishlab chiqarayotganiga ukrain dronlarining hujumlari sabab bo‘layotgani haqida to‘xtalmagan. Undan farqli ravishda, «Rosneft» rahbari, yoqilg‘i inqiroziga qarshi kurash bo‘yicha o‘z chora-tadbirlar ro‘yxatini tayyorlagan Igor Sechin Putinga yo‘llagan maktubida dronlar zarbalari oqibatida Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga «misli ko‘rilmagan darajada zarar yetkazilgani» haqida ma’lum qilgan.
Hozircha rasmiylar ko‘rayotgan choralar aytarli natija bermayapti. Har kuni Rossiyaning qaysidir hududida yoqilg‘i sotish cheklangani to‘g‘risida xabarlar chiqmoqda. Qayerdadir benzinni kanistrga g‘amlab olib ketishning o‘zigina taqiqlangan bo‘lsa, qayerdadir bitta avtomobil uchun sotib olish mumkin bo‘lgan benzin miqdoriga limit belgilanmoqda. Ayrim regionlar rasmiylari bunday cheklovlarni hukumat emas, balki yoqilg‘i quyish shoxobchalari (masalan, Moskva va Sankt-Peterburgda) joriy etayotganini ta’kidlamoqda.
Igor Ivanko / AFP / Scanpix / LETA
Quyida 24 iyun holatiga rasmiy cheklovlar amalda bo‘lgan regionlar ro‘yxati. Unga aholisi yoqilg‘i taqchilligi yuzaga kelganidan shikoyat qilayotgan, ammo rasmiylar (hozircha) cheklovlar haqida rasman e’lon qilmagan hududlar kirmagan.
Adigey
Belgorod oblasti
Bryansk oblasti
Vladimir oblasti
Vologodsk oblasti
Irkutsk oblasti
Kursk oblasti
Kurgan oblasti
Omsk oblasti
Penzen oblasti
Samara oblasti
Saratov oblasti
Stavropol o‘lkasi
Lipetsk oblasti
Mordoviya
Novosibirsk oblasti
Tambov oblasti
Tatariston
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi
Chuvashiya
Mavzuga oid
21:40
Belarusdagi retranslyatorlar jim bo‘lib qoldi - Zelenskiy
21:16
Rossiya propagandasi Voronejga zarbani e’tiborsiz qoldirdi
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026