O‘zbekiston | 21:46 / 25.06.2026
694
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi

Yaqin kunlarda o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolanishi ma’lum qilindi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentda AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi.

«AQSh savdo vakili, elchi Jyeymison Grir bilan Toshkentda uchrashib turganimdan xursandman. O‘tgan bir yil davomida birgalikda juda salmoqli ishlarni amalga oshirdik, buning natijasida aloqalarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi.

Yaqin kunlarda o‘zaro savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi bitim imzolanishini kutmoqdamiz.

O‘zbekistonga hamda ikki tomonlama hamkorligimizga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori uchun elchi janoblariga minnatdorlik bildiraman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid