Jahon | 18:12
3773
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar

Shaharda ochiq turgan zapravkani topish muammoga aylanib bormoqda.

Ukraina qurolli kuchlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni davom ettirmoqda. Yoqilg‘i inqirozi mamlakatning aksar hududlarini, jumladan, poytaxt Moskvani ham qamrab olgan. «Bereg» mustaqil jurnalistlar kooperativi poytaxtdagi haydovchilar soatlab navbat kutayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan fotoreportaj tayyorladi.

So‘nggi kunlarda zapravkalarda ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda – faqat dizel taklif etiladiganlari bundan mustasno.
Ayrim avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tasvirga olishni taqiqlaydi: «Bu maxsus obekt, s’yomkaga faqat ruxsat asosida!».
«Lukoyl»ning deyarli barcha zapravkalari yoki yopiq, yoki faqat dizel sotadi. 

«Neftmagistral» zapravkalarida benzin topiladi, ammo barcha turlari emas.
«Gazprom»ning faqat ayrim zapravkalari ishlamoqda – ammo ularda ko‘pincha 92-benzin yo‘q, yoki faqat dizel sotilmoqda.
Teboil’da benzin bor, ammo bir haydovchiga 20 litrdan ortiq benzin sotilmayapti.

Nisbatan yaxshiroq vaziyat – «Rosneft»da: uning ko‘plab zapravkalarida benzin bor, xaridorlar 50 litrgacha benzin quydirib olishi mumkin. Ammo 92-rusumli benzin ko‘p hollarda tugagan yoki juda kam qolgan bo‘ladi.

Ba’zida «Rosneft» zapravkalari ham kamida bir soat benzin kutib yopilmoqda.
Zapravkalar yopilganidan keyin haydovchilar navbatda turishda va benzin kutishda davom etishmoqda.

 

Haydovchilar shikoyat qilmoqda, ammo yangiliklarda poytaxtdagi benzin bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha sukut saqlashmoqda.

 

Moskva oblastidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida «Yoqilg‘i yo‘q» yozuvi
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid