Texnologiya | 18:16
634
3 daqiqa o‘qiladi

Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi

Apple kompaniyasi kuzda yangi iPhone, Mac va iPad’larni o‘z ichiga olgan boy mahsulotlar to‘plamini tayyorladi. 

Foto: 9to5Mac

9to5Mac portali bir necha oydan so‘ng kutilayotgan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxatini tuzdi. Asosiy reliz flagman smartfonlar to‘plami - iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va kompaniyaning birinchi buklama smartfoni iPhone Ultra bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 18 bazaviy versiyasining premerasi 2027 yil boshiga ko‘chirilgan.

Ular bilan bir vaqtda Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 debyut qiladi. Oxirgisi yangilangan dizayn va yangi salomatlik datchiklariga ega bo‘ladi.

Bu yil Mac uchun muhim yil bo‘ladi: yaqinda MacBook Neo, shuningdek, yangi MacBook Pro va MacBook Air modellari chiqdi. Tez orada qatorga M5 protsessorli Mac mini, Mac Studio M5, iMac M5, MacBook Pro M6 va mish-mishlarga ko‘ra, sensorli ekranli MacBook Ultra qo‘shiladi.

Ilgari yangi iPad Air paydo bo‘lgan edi, ammo 2026 yil oxirigacha yana ikkita model chiqarilishi kutilmoqda: OLED ekranli iPad mini va iPad’ning yangi asosiy versiyasi.

O‘tgan yili Apple’ning uy qurilmalari qatorini kengaytirish bo‘yicha katta rejalari borligi xabar qilingandi, biroq kompaniya Siri AI’ning paydo bo‘lishini kutgan edi. Kuzda yangilangan ovozli yordamchining to‘liq chiqishi bo‘lib o‘tadi va u bilan birga Apple TV 4K, 7 dyuymli sensorli ekran va magnitli mahkamlagichga ega HomePod Touch, HomePod 3, HomePod mini 2, Apple Security Camera aqlli kamerasi va hatto video uy telefoni ham taqdim etilishi mumkin.

Mana Apple’ning barcha kelgusi yangiliklari:

  • iPhone 18 Pro;

  • iPhone 18 Pro Max;

  • iPhone Ultra;

  • Apple Watch Ultra 4;

  • Apple Watch Series 12;

  • Mac mini M5;

  • Mac Studio M5;

  • iMac M5;

  • MacBook Pro M6;

  • MacBook Ultra;

  • iPad mini;

  • bazaviy iPad;

  • Apple TV 4K;

  • HomePad / HomePod Touch;

  • HomePod 3;

  • HomePod mini 2;

  • Apple Security Camera;

  • videodomofon.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid