Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
Pokiston o‘zining g‘arbiy chegarasi bo‘ylab Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi va quruqlikdan qo‘shin kiritdi. Rasmiy Islomobodga ko‘ra, hujumlarda 29 nafar jangari o‘ldirilgan. «Tolibon» esa o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirdi.
Pokiston xavfsizlik kuchlari yakshanba kuni Pokiston-Afg‘oniston chegarasi bo‘ylab quruqlik va havo operatsiyalarini o‘tkazdi. Tadbirda kamida 29 nafar jangarini yo‘q qilingani aytilmoqda.
Pokiston axborot vaziri Attaulla Tarar dushanba tongida quruqlikdagi hujumlarda «Jamoat-ul-Ahrar» guruhiga aloqador to‘rt nafar jangari o‘ldirilganini bildirdi. Ushbu guruh Pokiston Tolibonining qanoti (fraksiyasi) hisoblanadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Paktiya, Paktika va Kunar viloyatlaridagi uchta nishonga berilgan havo zarbalari natijasida 25 nafar jangari yo‘q qilingan. Shuningdek, «ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar» yo‘q qilingan.
Tarar o‘z postida Pokiston «so‘nggi paytlarda sodir etilgan bir qancha terroristik hodisalar»ga javob qaytarganini ta’kidladi.
Pokiston harbiylarining shanba kungi bayonotiga ko‘ra, «Jamoat-ul-Ahrar» guruhining Karachidagi «Sind Reyndjyers» obektiga uyushtirgan bomba va o‘qotar qurollardan iborat hujumi oqibatida uch nafar harbiylashtirilgan askar halok bo‘lgan va to‘rt kishi jarohatlangan.
«Tolibon» tinch aholi qurbon bo‘lganini aytdi
Afg‘onistonning «Tolibon» hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ushbu «qo‘rqoqona harakat»ni qoralab, uni «jinoyat va vahshiylik» deb atadi.
«Hujumlar oqibatida o‘nlab tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi va jarohatlandi. Biz ushbu qo‘rqoqona tajovuzkorlik harakatini keskin qoralaymiz hamda buni jinoyat va shafqatsizlik deb hisoblaymiz», dedi Zabihulloh.
«Tolibon» rasmiylari BBC'ga kamida 100 kishi halok bo‘lgani yoki yaralanganini ma’lum qildi. So‘nggi hujumlarda Pokiston va Tolibon hukumatlari tomonidan da’vo qilingan qurbonlar sonini mustaqil ravishda tasdiqlash imkonsiz.
Pokicton-Afg‘oniston mojarosi
Pokiston uzoq vaqtdan beri Afg‘onistonni o‘z hududida hujumlar uyushtiradigan terrorchilarga boshpana berishda ayblab keladi, «Tolibon» hukumati esa bu da’voni rad etadi.
Kobul, o‘z navbatida, ilgari Islomobodni tinch aholi halok bo‘lgan asossiz hujumlarni amalga oshirganlikda ayblagandi. Biroq Pokiston faqat jangarilarni nishonga olganini aytadi.
Ikki mamlakat o‘tgan yilning oktabr oyida, bir necha hafta davom etgan qonli to‘qnashuvlardan so‘ng, o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olgandi. Biroq, xalqaro vositachilikdagi o‘tmishdagi sulh bitimlari kabi, bu kelishuv ham keyinchalik barbod bo‘ldi.
Ikki mamlakat rasmiylariga ko‘ra, so‘nggi oylarda chegara hududidagi vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar va havo zarbalari oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026