Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning dron va raketa hujumlari iyun oyida qisqardi
Iyun oyida Rossiya Ukraina hududiga amalga oshirgan dron va raketa hujumlari may oyiga nisbatan sezilarli darajada kamaydi. Biroq tahlilchilar bu holatni urush taktikasidagi uzoq muddatli o‘zgarish emas, balki vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Fransiyaning AFP axborot agentligi Ukraina Havo kuchlari ma’lumotlari tahliliga tayanib xabar berishicha, iyun oyida Rossiya Ukrainaga qarshi 5 749 ta uchuvchisiz uchish apparati va 180 ta raketa qo‘llagan.
Bu ko‘rsatkichlar may oyiga nisbatan dronlar bo‘yicha 29 foizga, raketa zarbalari bo‘yicha esa 15 foizga kamayganini anglatadi.
Taqqoslash uchun, may oyida Rossiya Ukrainaga qarshi 8 150 ta drondan foydalangan bo‘lib, bu 2022 yil fevralda boshlangan keng ko‘lamli urush davomida bir oy ichida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblangan. Shu oyda yana 211 ta raketa hujumi ham amalga oshirilgan.
AFP suhbatlashgan ukrainalik va fransuz harbiy tahlilchilari hujumlar sonining qisqargani hali yangi tendensiya sifatida baholanmasligi kerakligini aytmoqda. Ularning fikricha, Rossiya kuz mavsumi oldidan qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘plash maqsadida vaqtincha hujumlar intensivligini pasaytirgan bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar, shuningdek, Moskva harbiy harakatlar strategiyasini o‘zgartirmaganini va yaqin oylarda dronlar yordamidagi yangi hujumlar davom etishi ehtimoli yuqori ekanini qayd etmoqda.
Ayrim ekspertlar esa, agar bu holat barqaror tendensiyaga aylansa, bunga Rossiya harbiy-sanoat majmuasidagi resurslar kamayishi yoki Erondagi vaziyat tufayli Shahed turidagi dronlar yetkazib berishda yuzaga kelgan muammolar sabab bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
Shu bilan birga, iyun oyida Ukraina ham Rossiya hududidagi obektlarga hujumlarni kuchaytirgan. Kiyev bu harakatlarni javob chorasi sifatida izohlamoqda.
AFP ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina asosan neftni qayta ishlash infratuzilmasiga, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlari, neft omborlari va portlarga zarbalar bergan. Bu esa Rossiyaning ayrim hududlarida yonilg‘i tanqisligiga olib kelgan.
Bundan tashqari, Ukraina mudofaa sanoatiga tegishli korxonalarni ham nishonga olmoqda. Xususan, Voronej yarimo‘tkazgich asboblari zavodiga berilgan zarba haqida ma’lum qilingan. Ushbu korxona, jumladan, «Iskander» raketalari uchun elektron qurilmalar ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
08:55 / 23.05.2026