Jahon | 17:25
2046
2 daqiqa o‘qiladi

Baykalortida benzinga ulkan navbat yuzaga keldi

«Rosneft»ning Chita rayonidagi zapravkasi oldida to‘rt kilometrlik navbat hosil bo‘lgan – yuqoridan olingan videoda taxminan 800 ta avtomobil navbatda turgani aks etgan. Hududda yashovchilardan biri 36 soat davomida navbatda turganini aytgan.

Yevgeniy Yepanchinsev / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia

Rossiyaning barcha hududlari bo‘ylab yoqilg‘i taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashishda davom etmoqda.

Ukrainadagi Exilenova+ va Supernova+ telegram-kanallari 2 iyul kuni Rossiya hududidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida ko‘p kilometrlik navbat yuzaga kelgani aks etgan video joylashtirildi. Postda bu video qachon olinganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu video Baykalorti o‘lkasining Chita rayonida tasvirga olingani ma’lum bo‘ldi. «Meduza» videoning haqiqiyligini tasdiqlagan: bu kadrlar «Rosneft»ning Chita rayoni Atamanovskoye posyolkasi hududiga oid. Videoda navbat kilometrga cho‘zilgani, u yerda 800 ga yaqin avtomobil navbatda turganini ko‘rish mumkin.

Baykalorti o‘lkasi rahbariyati Ukraina dronlarining neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalaridan keyin yuzaga kelgan yoqilg‘i inqirozi tufayli 25 iyun kuni regionda yuqori shaylik rejimi joriy etgandi. Natijada o‘lka aholisi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida soatlab navbat kutib turmoqda, haydovchilardan biri 30 iyun kuni 36 soatdan buyon navbat kutayotganini aytgan.

Yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan zapravka «Rosneft»ga tegishli bo‘lib, u yerga Xabarovskdagi neftni qayta ishlash zavodidan yoqilg‘i yetkazib beriladi. Ukraina ushbu korxonaga hali zarba bermadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid