Hindistondagi köplab yirik neftni qayta işlaş zavodlari Amerika tomonidan «Rosneft» va «Lukoyl»ga qarşi sanksiyalar joriy etilganidan keyin Rossiya neftini yetkazib beriş böyiça yangi buyurtmalar berişni töxtatdi, deb yozadi Reuters. Agentlik qayd etişiça, kompaniyalar hukumat va yetkazib beruvçilardan yetkazib berişni davom ettirişning qonuniyligi böyiça tuşuntiriş berilişini kutmoqda.
Şu bilan birga, Indian Oil davlat kompaniyasi rahbariyati neftning özi sanksiyalar ostida bölmagani uçun xaridlarni davom ettirişini ma’lum qildi. «Rossiya nefti taqiqlanmagan. Muayyan kompaniyalar va sudlar sanksiyalar ostida. Agar sanksiyalar ostida bölmagan kompaniyadan kimdir menga murojaat qilsa va mahsulot yuborilsa, men uni sotib olişda davom etaman», – dedi Indian Oil moliyaviy direktori Anuj Jayn.
Mamlakatdagi köplab kompaniyalar, jumladan Indian Oil ham öz ehtiyojlarini vaqtinçaga spot bozorda (tovarlar joriy narxlarda va tez vaqt içida yetkazib beriladigan moliyaviy bozor) qondirmoqda, deb xabar bergan Reuters manbalari. «Biz yetkazib beriş sanksiya ostidagi şaxslar bilan boğliq emasligiga işonç hosil qilişimiz kerak, aks holda banklar tölovlarni amalga oşirmaydi», – degan agentlik suhbatdoşlaridan biri.
Hindiston Xitoy bilan bir qatorda Rossiya neftining eng yirik xaridori hisoblanadi. Rossiya umumiy neft eksportining 40 foizdan ortiği Hindiston kompaniyalariga töğri keladi. Hindiston Rossiyaning Ukraina bilan keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin Rossiya neftini sotib olişni keskin oşirgan.
Donald Tramp ma’muriyati bir neça oydan beri Hindiston hukumatini Rossiya neftini sotib olişdan voz keçişga majburlaş uçun bosim ötkazib kelmoqda. Avgust oyida Tramp Hindiston Rossiya energiya taşuvçilarini sotib olişida 25 foizlik qöşimça bojlar joriy qilgandi.
Ötgan vaqt mobaynida AQŞ prezidenti Hindiston boş vaziri Narendra Modi xaridlarni töxtatişga va’da berganini bir neça bor ta’kidlagan, biroq Hindistonda bu tasdiqlanmagan. 20 oktyabr kuni Tramp Hindiston Rossiyadan neft sotib olişni töxtatmagunça AQŞdagi eksport tovarlariga «ulkan bojlar tölaşda davom etişi» haqida ogohlantirdi.












