Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta’lim tizimida yangi yo‘nalishlar tasdiqlandi
O‘zbekistonda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qator yangi ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi. Yangi yo‘nalishlar mehnat bozori ehtiyojlari hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yangi tartibga muvofiq, bakalavriat bosqichida ekologiya va atrof-muhit, yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanuvchi energiya, suv resurslarini boshqarish, mobil robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), barqaror qishloq xo‘jaligi, ekoturizm hamda temir yo‘l muhandisligi kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Magistratura bosqichida esa xalqaro energetik siyosat, xalqaro suv diplomatiyasi, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror moliya, rivojlanish iqtisodiyoti, ekologiya huquqi, xalqaro savdo huquqi, nazariy va muhandislik fizikasi, urbanistika, barqaror shaharsozlik, iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi va barqaror turizm kabi yangi mutaxassisliklar joriy etildi.
Shuningdek, klassifikatordagi ayrim mavjud yo‘nalishlar nomi ham yangilandi. Xususan, 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi «Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash» deb qayta nomlandi. 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi esa «Davlat va harbiy boshqaruv» nomi bilan tasdiqlandi. Bundan tashqari, 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.
Mavzuga oid
10:25 / 30.06.2026
Vazirlik: Talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilmagan
17:37 / 01.06.2026
Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi e’lon qilindi
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
11:02 / 06.03.2026