Jahon | 05:49
3588
4 daqiqa o‘qiladi

Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi

Foto: The Moscow Times

4 iyul AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbi Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, bayram bilan tabrikladi. Rus matbuotiga ko‘ra, Putin tabrigini Rossiyaning Amerika davlatchiligiga qo‘shgan hissasini eslatish bilan boshlagan. Qo‘ng‘irog‘i davomida Putin Trampni Rossiyaga ham taklif etdi.

Rossiya prezidenti o‘z qo‘ng‘irog‘ida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi ittifoqchilikni hech qachon unutmaslik kerakligini bildirgan. Mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan Tramp dabdaba tashkil qilolganini yuqori baholagan.

Rus mediasiga ko‘ra, shu yilning o‘zida to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan bu telefon suhbati faqat protokol darajasidagi emas, ishchan ruhda o‘tdi. Rasmiylarning tasdiqlashicha, suhbat qariyb 1,5 soat davom etgan.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, suhbatda tabrikdan tashqari ikki davlat siyosiy mavzulari muhokama qilingan. Shulardan biri – Ukraina urushi. AQSh prezidenti jangovar harakatlarni tezroq to‘xtatish, harbiy inqirozni yengib o‘qish bo‘yicha tinch yechimlar topishga ko‘maklashishga tayyorligini tasdiqladi, deydi Ushakov.

Trampning maxsus vakillari  Uitkov va Jared Kushner vositachilik sa’y-harakatlarini davom ettirishadi va qulay vaqtda Moskvaga kelishga tayyor bo‘ladilar, deya qo‘shimcha qiladi prezident yordamchisi.

Rossiya tomoni ham mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish, lekin o‘z prinsiplaridan voz kechmasligini bildirgan.

Rus mediasiga ko‘ra, Putin jang maydonidagi haqiqiy vaziyat manzarasini chizib berdi. Aytilishicha, rus armiyasi oldinga siljiyotgani ta’kidlangan. Shuningdek, Konstantinovka ustidan Rossiya nazorati o‘rnatilgani ham e’lon qilindi. Kiyev qolgan hududlarga qanchalik yopishib olmasin, armiyamiz ularni albatta egallaydi, deydi Yuriy Ushakov.

Putin va Tramplar Eron bo‘yicha ham gaplashgan. Rossiya prezidenti AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini muzokaralar jarayonini tartibga solishning yechimi deb ko‘rsatgan.

Mintaqadagi vaziyatni deeskalatsiya qilish va barqarorlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligimiz aytildi. Donald Tramp, o‘z navbatida, Rossiya tomoniga vazmin pozitsiyasi va konstruktiv takliflari uchun minnatdorchilik bildirdi, degan Ushakov.

Rossiyadagi OAV ning yozishicha, yaqin kunlarda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga qo‘shma Rossiya-Amerika ekipajining uchirilishi ramziy ma’noga ega. Futbol bo‘yicha jahon chempionati haqida ham to‘xtalinib, Putin Trampga muvaffaqiyat tilagan.

Prezidentlar yaqin fursatda yana qo‘ng‘iroqlashishga kelishdi, Putin Trampda Rossiyaga kelish uchun doimiy rasmiy taklif borligini eslatdi, deydi Rossiya prezidentining yordamchisi.

Eslatib o‘tamiz, Putin 14 iyun, Trampning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ham telefon qilib, uni tabriklagan edi. Rossiya tomoniga ko‘ra, mustaqillik tabrigi taklifi AQSh dan chiqqan.

Шоҳрух Мажидов
Tayyorlagan Шоҳрух Мажидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid