Sog‘lom hayot | 20:03
1149
1 daqiqa o‘qiladi

Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi

Antibiotiklar va mikroblarga qarshi vositalar - 50 foizgacha, yurak-qontomir tizimi dorilari - 37 foizgacha, asab tizimi dorilari - 40 foizgacha hamda yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar - 42 foizgacha arzonlashgan.

Foto: Valeriy Matytsin/TASS

Retsept asosida beriladigan qariyb 2 500 ta dori vositasi uchun cheklangan narxlar qayta shakllantirildi va 1 iyuldan dorixonalar uchun kuchga kirdi, deb xabar qildi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi.

Qayd etilishicha, natijada ayrim toifadagi dori vositalari narxlari sezilarli darajada pasaydi.

Xususan, antibiotiklar va mikroblarga qarshi vositalar — 50 foizgacha, yurak-qontomir tizimi dorilari — 37 foizgacha, asab tizimi dorilari — 40 foizgacha hamda yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar — 42 foizgacha arzonlashdi.

“Fuqarolar pharm.gov.uz sayti hamda "PharmUz" mobil ilovasi orqali retsept asosida beriladigan dori vositalarining cheklangan narxlarini mustaqil tekshirish, ularni amaldagi narxlar bilan taqqoslash hamda aniqlangan holatlar yuzasidan murojaat yo‘llash imkoniyatiga ega”, deyiladi xabarda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid