Jamiyat | 10:36
1340
2 daqiqa o‘qiladi

1 kilogramm palov qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar qiymatini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori qiymat Toshkent shahrida, eng past ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

Foto: arbuz.com

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun mahsulotlar qiymati hududlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 105 215 so‘m;

  • Andijon viloyati — 114 625 so‘m;

  • Buxoro viloyati — 116 578 so‘m;

  • Jizzax viloyati — 116 675 so‘m;

  • Qashqadaryo viloyati — 118 582 so‘m;

  • Navoiy viloyati — 117 750 so‘m;

  • Namangan viloyati — 116 536 so‘m;

  • Samarqand viloyati — 120 721 so‘m;

  • Surxondaryo viloyati — 118 624 so‘m;

  • Sirdaryo viloyati — 112 222 so‘m;

  • Toshkent viloyati — 120 548 so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 123 759 so‘m;

  • Xorazm viloyati — 116 010 so‘m;

  • Toshkent shahri — 126 807 so‘m.

Hisob-kitoblar quyidagi mahsulotlar asosida amalga oshirilgan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 litr;

  • piyoz — 300 gramm;

  • mol go‘shti — 700 gramm;

  • sabzi — 1 kilogramm;

  • lazer guruchi — 1 kilogramm;

  • no‘xat — 100 gramm;

  • zira — 10 gramm;

  • osh tuzi — 20 gramm.

Milliy statistika qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan. Ular hududlarda tayyor holda sotilayotgan 1 kilogramm palovning bozor narxini ifoda etmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid