O‘zbekiston | 15:00
1424
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

IMAN Holding O‘zbekistonda Adl Neobank'ni ishga tushirishini e’lon qildi

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi ilk neobank sifatida taqdim etilayotgan ushbu loyiha IMANUM 5.0 super ilovasining asosiy yangiliklaridan biri bo‘lib, foydalanuvchilarga to‘lovlar, kartalar, pul o‘tkazmalari va boshqa kundalik bank xizmatlaridan ilova orqali foydalanish imkonini beradi.

 

"Adolat nuri" taqdimotida namoyish etilgan IMANUM 5.0 platformasi xoldingning moliyaviy va investitsion xizmatlarini yagona ilovada birlashtiradi. Unda uchta asosiy yo‘nalish mavjud: Adl Neobank, investitsiya xizmatlari hamda bo‘lib to‘lash xizmati.

Adl Neobank orqali foydalanuvchilar to‘lovlarni amalga oshirish, virtual va jismoniy kartalarni ishlatish, pul o‘tkazmalari hamda kundalik bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - deydi IMAN Holding asoschisi Rustam Rahmatov.

Investitsiya bo‘limida savdo, ko‘chmas mulk va daromad keltiruvchi biznes loyihalariga sarmoya kiritish imkoniyati yaratilgan. Bo‘lib to‘lash xizmati esa mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish va avtonasiya xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Fintek kompaniyasidan investitsion xoldinggacha

IMAN Holding 2019 yilda fintek kompaniyasi sifatida ish boshlagan. Bugungi kunda u fintek, investitsiya loyihalari va raqamli to‘lovlar yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi investitsion xoldingga aylangan. Tashkilotning asosiy maqsadi jamiyatda investitsiya madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Shu maqsadni amalga oshirish uchun kompaniya Invest Nation g‘oyasini ilgari surmoqda. Unga ko‘ra, insonlar daromadni nafaqat o‘z mehnati evaziga, balki turli loyihalarga kiritgan investitsiyalaridan ham olishi mumkin. Bunda investitsiya qilish uchun boshlang‘ich summa 100 ming so‘mdan boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda ko‘pchilik yirik xaridlar yoki moliyaviy maqsadlarga kredit va qarz orqali erishishga odatlangan. IMAN Holding esa bunga muqobil yondashuvni taklif qilmoqda. Bunda mablag‘ni jamg‘arish, investitsiya qilish va dividend hisobiga daromad olish orqali kerakli mablag‘ni tezroq yig‘ish hamda moliyaviy maqsadlarga qarzlarsiz erishish mumkin.

Invest-first: avval investitsiya, keyin iste’mol

IMANUM 5.0 konsepsiyasining asosiy g‘oyalaridan biri Invest-first modeli hisoblanadi. Ushbu yondashuv investitsiyani inson kundalik moliyaviy hayotining ajralmas qismiga aylantirishga qaratilgan.

Mazkur modelga ko‘ra, foydalanuvchilar faqat kredit hisobiga xarid qilish bilan cheklanmay, avvalo, o‘z kapitalini shakllantirish, investitsiya qilish va bosqichma-bosqich qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“IMAN 5.0 platformasi iste’molchilarga to‘rtta formatda mablag‘ kiritish imkonini beradi. Birinchisi investitsion hisoblar orqali muntazam daromad olish. Ikkinchi yo‘nalishda bizneslarning aylanma mablag‘lariga sherik bo‘lib, sof foydadan ulushga ega chiqish mumkin. Uchinchi format xususiy kapital fondlari (private equity) asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga turli loyihalardagi ulushlarni xarid qilish imkonini yaratadi. To‘rtinchi yo‘nalish esa real sektordagi bizneslarga sarmoya kiritishni nazarda tutadi. Asosiy maqsadimiz O‘zbekistonda investorlar jamiyatini shakllantirishdan iborat. Shu sababli platformadagi barcha xizmatlar iste’molni rag‘batlantirishdan ko‘ra, jamg‘arma qilish va investitsiya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan”, – deydi Rustam Rahmatov.

Bizneslarga investitsiya qilish imkoniyati

Yangilanish doirasida bizneslarga investitsiya qilish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. IMAN Holding rahbari ma’lumotiga ko‘ra, foydalanuvchilar Murad Buildings kompaniyasining "Saadiyat" turar joy majmuasi hamda Cambridge o‘quv markazlari tarmog‘i kabi loyihalarga sarmoya kiritishlari mumkin.

Kompaniya ushbu modelni O‘zbekiston uchun ilk raqamli xususiy kapital fondlari (private equity) investitsiya modeli sifatida taqdim etmoqda. Qayd etilishicha, bunda foydalanuvchilar bizneslarning ulushdoriga aylanib, ularning faoliyatidan shakllanadigan dividendlardan daromad olish imkoniga ega.

“IMAN holding tomonidan taklif etilayotgan yangi investitsiya modeli O‘zbekiston bozorida shu paytgacha keng qo‘llanmagan yondashuvlardan biri hisoblanadi. Endi fuqarolar nafaqat xizmatlardan foydalanuvchi mijoz, balki bizneslarning sherigi va investoriga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biz ham Cambridge loyihasi doirasida investitsiya imkoniyatlarini ochdik. Bu orqali istalgan yurtdoshimiz loyihaning ma’lum ulushini xarid qilib, uning rivojlanishida ishtirok etishi mumkin. Natijada odamlar ta’lim xizmatidan foydalanish bilan bir qatorda, biznesning o‘sishidan ham manfaatdor sanalgan investor maqomiga ega bo‘ladi. Mazkur yondashuv yangi investorlar qatlamini shakllantirish va biznes bilan aholi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi”, – deydi Cambridge o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov.

Xalqaro hamkorlik va yangi rejalar

IMAN Holding Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bir qator strategik hamkorlik bitimlarini imzolagani hamda investorlarni jalb etish jarayonini boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklaridan strategik hamkorni jalb etish raqamli moliyaviy ekotizimni rivojlantirish, mahsulotlarni mamlakat bo‘ylab kengaytirish, islomiy bankni ishga tushirish hamda xalqaro bozorlarga chiqish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

IMAN Holding asoschisi Rustam Rahmatovning qayd etishicha, kompaniya investitsiya qilish imkoniyatlarini keng jamoatchilik uchun ochiq qilish orqali jamiyatda investitsiya madaniyatini rivojlantirishni maqsad qilgan.

"Shunday O‘zbekistonni tasavvur qilingki, unda yoshlar ota-onalari katta xaridlar va moliyaviy maqsadlarga faqat kredit yoki qarz olib, faqat jismoniy yoki aqliy mehnat evaziga topilgan ish haqi hisobidan emas, balki har kuni foydalaniladigan bizneslarning ulushiga egalik qilib, u yerdan olinayotgan daromad hisobiga ham erishayotganini ko‘rib ulg‘aysa. Ishonamanki, biz aynan mana shu yo‘lning boshida turibmiz. Kredit va qarz madaniyati o‘rnini investitsiya madaniyati egallaydi. O‘z kelajagiga investitsiya kiritish imkoniyati nafaqat aholining ayrim qatlamlari, balki har bir inson uchun ochiq bo‘ladi.

Invest Nation – bu shunchaki shior emas. Bu o‘z moliyaviy farovonligini o‘zi barpo etayotgan insonlar jamiyati. Ishonamanki, O‘zbekiston bunday hayot tarzi oddiy holga aylangan sanoqli mamlakatlardan biriga aylana oladi", – deydi u.

Bugungi kunda IMAN Holding texnologiyalar, moliya va islomiy moliya tamoyillarini uyg‘unlashtirgan moliyaviy ekotizimni rivojlantirishda davom etmoqda. Mazkur ekotizim foydalanuvchilarga shaxsiy moliyani boshqarishning yangi modelini takrif etadi.

“Bu tizim ortida faqat yangi moliyaviy mahsulotlar emas, jamiyatda moliyaviy qarashlarni o‘zgartirish g‘oyasi ham turibdi. Ya’ni qarz va kreditga tayanishdan mulkdorlik madaniyatiga, iste’moldan investitsiya va bunyodkorlikka o‘tish maqsad qilingan”, – deyi Rustam Rahmatov.

Kompaniya rahbariyati bu yondashuvni "Bir kun jamg‘araman" degan qarashdan "Men allaqachon investitsiya qilyapman va dividend olyapman" degan yangi fikrlash sari o‘tish deya izohlaydi.

Sayt: www.imanum.app

Reklama huquqi asosida

 
Диёрахон Набижонова
Tayyorlagan Диёрахон Набижонова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid