Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrif bilan bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga yetib bordi.
Belarus poytaxtidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Belarus bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijyenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev Minsk shahrida G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda yurib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari muzokara o‘tkazadi.
Mavzuga oid
22:38
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
19:45 / 07.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarusga boradi
11:15 / 07.07.2026
Shavkat Mirziyoyev: Ilm va ma’rifat tinchlikning mustahkam poydevoridir
20:41 / 06.07.2026