Davlat rahbari forumning Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ötkazilayotgani çuqur tarixiy va ramziy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Uning sözlariga köra, uşbu anjuman jahon hamjamiyatining islom sivilizatsiyasi, uning boy ma’naviy, ilmiy va madaniy merosiga qiziqişi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Prezident bugungi kunda insoniyat fan va texnologiyalarda katta yutuqlarga erişayotgani bilan birga, mojarolar, ekstremizm, islomofobiya va madaniyatlar örtasidagi qarama-qarşiliklar kabi jiddiy sinovlarga ham duç kelayotganini ta’kidladi.
Şavkat Mirziyoyev 2017 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti minbaridan ilgari surilgan «Jaholatga qarşi – ma’rifat» taşabbusi bugun ham öz dolzarbligini saqlab qolayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, aynan ilm-fan, ta’lim, madaniyat va yuksak axloqiy qadriyatlargina yer yuzida tinçlik va ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlay oladi.
Prezident öz murojaatida Özbekiston zamini jahon ilm-fani va islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan allomalar yurti ekanini eslab ötdi. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boşqa buyuk mutafakkirlarning merosi bugun ham insoniyat uçun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Davlat rahbari Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş yölida keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotganini, islom sivilizatsiyasining boy merosini örganiş, asrab-avaylaş va tarğib qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanganini qayd etdi.
Şavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi turli mamlakatlar olimlari, tadqiqotçilari va ma’rifatparvarlarini birlaştiruvçi oçiq intellektual maydonga aylanganini ta’kidlab, barça xalqaro hamkorlarni ilm-fan va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirişga çaqirdi.












