O‘zbekiston | 10:40
850
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ yo‘lovchilarni respublikada kutilayotgan anomal issiq havo munosabati bilan ogohlantirdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yuqori harorat tufayli ayrim yo‘lovchi vagonlaridagi sovitish tizimlari vaqtincha kamroq samara bilan ishlashi mumkin.

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududida havo harorati yanada ko‘tarilib, kunduzi +41…+44 darajagacha yetishi kutilmoqda.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning ta’kidlashicha, bunday yuqori harorat sharoitida vagonlarning metall konstruksiyalari va tashqi qoplamasi kuchli qiziydi. Bu esa sovitish tizimlarining samaradorligi vaqtincha pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois ayrim yo‘lovchi vagonlarida belgilangan haroratni bir maromda saqlashda qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Kompaniya yuqori havo harorati sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘rab, tushunish va sabr-toqat uchun minnatdorlik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid