Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘ylab qabul test sinovlari boshlandi
Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida 2026–2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlari boshlandi. Imtihonlar 23 iyulga qadar ikki smenada o‘tkaziladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlari har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena esa 15:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelishi lozim. Ular birinchi smena uchun soat 07:30 gacha, ikkinchi smena uchun esa 14:30 gacha tekshiruvlardan o‘tib, belgilangan joylarini egallagan bo‘lishi kerak.
Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlardan pasport yoki ID-kartaning asli hamda abituriyent ruxsatnomasi talab etiladi. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Test jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va onlayn tarzda namoyish etiladi. Abituriyentlar va ularning yaqinlari imtihonlarni maxsus onlayn platforma orqali kuzatishlari mumkin.
Mavzuga oid
09:33 / 02.07.2026
TDYuUning ikki ta’lim yo‘nalishiga qabulda IQ test o‘tkaziladi
14:30 / 22.07.2024
Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sanalar e’lon qilindi
22:16 / 01.05.2024
Toshkentda malaka test sinovlari qanday o‘tyapti? – reportaj
13:21 / 08.08.2022