Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyundagi 350-son qarori bilan Oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriatiga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizomga IQ test ötkazişga oid özgartiş va qöşimçalar kiritildi.

Yangi tartibga köra, IQ test Toşkent davlat yuridik universitetining «Xalqaro huquq va qiyosiy huquqşunoslik» hamda «Raqamli huquq» ta’lim yönalişlariga qabul jarayonida ötkaziladi.

Abituriyentlar röyxatdan ötiş jarayonida huquq sohasi böyiça test sinovlari bilan birga IQ test topşirişni ham tanlaydi. IQ testlari har yili 10 iyulga qadar TDYuU va uşbu testni ötkazuvçi hamkor xorijiy taşkilot örtasidagi şartnoma asosida taşkil etiladi.

Qarorga muvofiq, IQ testini ötkaziş hamda uning natijalarini baholaş hamkor xorijiy taşkilotning talablari asosida amalga oşiriladi.

Faqat IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi va bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlaş jarayonida mazkur ikki yönalişni tanlaş imkoniyati beriladi.

Şuningdek, uşbu ta’lim yönalişlariga hujjat topşiruvçilardan çet tili böyiça kamida V2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan xalqaro sertifikatga ega bölişi talab etiladi.