Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn arizalar qabuli boshlandi
2026-2027 o‘quv yili uchun talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish va tiklash bo‘yicha onlayn arizalar qabuli 15 iyuldan boshlandi. Hujjatlar 5 avgust kunini ham qo‘shgan holda elektron platformalar orqali qabul qilinadi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, respublikadagi bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqasiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni ko‘chirish, shuningdek, o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Bu faqat qonunchilikda belgilangan ikki turdagi uzrli sabab mavjud bo‘lgan holatlarga tatbiq etiladi.
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiriladi.
Yangi tartibga muvofiq, xorijiy va nodavlat OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishda umumta’lim fanlari hamda chet tili bo‘yicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron shaklda yuklanadi.
Eslatib o‘tilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 iyundagi 299-sonli qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.
Onlayn arizalarni qabul qilish 2026 yil 5 avgustga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
00:09 / 12.07.2026
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
18:46 / 10.07.2026
Toshkentda xalqaro universitetlar shaharchasi tashkil etilishi mumkin
18:40 / 10.07.2026
Talabalarga O‘zbekistonda boshlab, xorijda o‘qish imkoni kengayadi
10:17 / 10.07.2026