Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni xalqaro ta’lim standartlari asosida örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etiş, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda yetakçi xorijiy oliygohlar joylaşadigan Toşkent xalqaro universitetlar şaharçasini taşkil etiş taklifi muhokama qilindi. Bunda Qatardagi “Education City”, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi Dubay xalqaro akademik şahri va Koreya Respublikasidagi Inçxon global kampusi tajribasidan foydalaniş taklif qilindi.
Universitetlar şaharçasida nufuzli xorijiy oliygohlar filiallarini jalb qiliş, kampuslar va talabalar turar joylarini barpo etiş, litsenziya talablarini soddalaştiriş, grant va stipendiyalar ajratiş, bojxona va soliq imtiyozlarini qöllaş, şuningdek, royalti tölovlarining bir qismini qoplab beriş böyiça takliflar işlab çiqiş topşirildi. Asosiy maqsad Özbekistonni xalqaro ta’lim dasturlari va standartlari keng joriy etilgan, mintaqadagi yetakçi ta’lim markaziga aylantiriş ekani ta’kidlandi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.












