Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”ning yangi mavsumi boshlandi
Faol vatandoshlar mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish bo‘yicha o‘z takliflarini yana Openbudget.uz portalida qoldirishi mumkin – “Tashabbusli budjet” doirasida joriy yil 2-mavsumi boshlandi. Mavsum budjeti 2,2 trln so‘mga teng. Avvalgi ikkita mavsumda ketma-ket g‘olib bo‘lgan 1122 ta mahalla bu gal tashabbus kirita olmaydi, ular qo‘shni mahallalarni qo‘llab-quvvatlashi yoki sheriklik mexanizmidan foydalanishi mumkin.
Bugun, 15 iyuldan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Tashabbuskor vatandoshlar 3 avgustgacha o‘z loyihalarini Openbudget.uz portalida ilgari surishlari mumkin.
Joriy mavsum uchun ajratilgan budjet – 2 trillion 187,7 mlrd so‘m.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, loyihani amalga oshirishning umumiy qiymati qurilish-ta’mirlash loyihalari bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt ming baravari (1 mlrd 648 mln so‘m), jihozlash loyihalari bo‘yicha ikki ming barobaridan (824 mln so‘m) oshmasligi lozim.
Sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar ham 3 avgustgacha qabul qilinadi. Bunda keyinchalik loyiha uchun zarur mablag‘ning 50 foizi to‘plangan taqdirda, loyiha avtomatik g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foiz mablag‘ mahalliy budjetdan moliyalashtiriladi.
An’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, g‘olib loyihalar 1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
Mingdan ortiq mahallada tanaffus
Joriy mavsumda 1122 ta mahalla tanaffus oladi, ya’ni loyiha kirita olmaydi, chunki ular avvalgi ikkita mavsumda ketma-ket g‘olib bo‘lishgan.
Loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
Tanaffusga tushgan mahallalarda sherikchilik asosida loyihalarni ilgari surish imkoniyati mavjud.
Portalda yangilanish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi new.openbudget.uz manzilida “Ochiq budjet” portalining yangi talqini ishga tushirilgani ham xabar qildi.
Portalning tashqi ko‘rinishi va foydalanuvchi interfeysi yangilanib, undan foydalanish qulayroq va soddaroq shaklga keltirilgan.
“Endilikda foydalanuvchilar portalda kerakli bo‘limlarni tezroq topib, davlat budjeti bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bilan tanishishi, “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ishtirok etishi, loyihalar ijrosini kuzatishi hamda portal imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanishi mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
11:08 / 07.07.2026
«Tashabbusli budjet»ning 11-mavsumi 15 iyuldan start oladi
17:35 / 30.06.2026
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
12:23 / 27.06.2026
O‘zbekistonda 425 ta tashkilot jamoat ahamiyatiga molik deb topildi
11:10 / 21.03.2026