Özbekistonda ilk marta Jamoat ahamiyatiga molik taşkilotlar (Public interest entities) reyestri e’lon qilindi.
Reyestr böyiça maxsus vakolatli organ – Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, 425 ta taşkilot jamoat ahamiyatiga molik deb topilgan.
Qonunçilikka köra, “jamoat ahamiyatiga molik taşkilot” deganda – qimmatli qoğozlari ommaviy savdoga çiqarilgan kompaniyalar, banklar va qator moliya taşkilotlari, şuningdek, ketma-ket ikki yil davomida aktivlarining balans qiymati va yillik sof tuşumi BHMning 1 mln baravari (412 mlrd söm) yoki undan ortiqni taşkil etgan hamda xodimlarining örtaça yillik soni kamida 500 nafar bölgan taşkilotlar tuşuniladi.
E’lon qilingan reyestrda Korzinka, Uzum, Click, Payme, Paynet, Artel, Akfa, Alutex, Hydrolife kabi brendlarga egalik qiluvçi yirik xususiy kompaniyalarni köriş mumkin.
Sanoat korxonalaridan Coca Cola va Pepsi işlab çiqaruvçilari, avtosanoatdagi ADM Jizzakh va Samarqand avtomobil zavodi, farmatsevtikada Meros Pharm, Grand Pharm va Nika Farm, transport sohasidan My Freighter, yoqilği-energetika sohasidan Sanoat Energetika Guruhi va UNG Petro, quriliş sektoridan Discover Invest Global, Koc Construction va Töpalang HPD Holding kabilar röyxatga kiritilgan.
Şuningdek, Agromir, Indorama, Global Textile, Fergana Global va Biryuza Group kabi qişloq xöjaligi va töqimaçilik korxonalari reyestrdan joy olgan.
Toşkentda yirik savdo obektlariga egalik qiluvçi Tashkent Trade Center hamda Darvoza Savdo ham jamoat ahamiyatiga molik kompaniyalar deya e’tirof etilgan.
Joriy yilda reyestrga kiritilgan jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar 2027 yil 1 yanvardan boşlab moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritişi, 2028 yil yakuniga köra moliyaviy hisobotlarni MHXSga muvofiq tuzişi va auditorlik xulosalari bilan birga e’lon qilişi kerak. Qonunçilikda MHXSga ötişining ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik şaxslar bundan mustasno.
Jamoat ahamiyatiga ega taşkilotlar reyestriga kirgan taşkilotlar umumiy soni joriy yilning iyun oyida jami 425 tani taşkil etib, mezonlar













