Jahon | 18:30 / 01.06.2015
3839
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Bank Asya davlat nazorati ostiga olindi

Turkiya bank sohasi nazorati agentligi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy raqiblaridan biri Fathulloh Gulen bilan bog‘liq Bank Asya bankini o‘z nazorati ostiga oldi. Bu haqda agentlikka bayonotiga tayanilgan holda mahalliy matbuotda xabar berildi.

Agentlik rasmiylarining ta'kidlashicha, bankdagi muammolar Turkiyaning moliyaviy barqarorligiga xavf solgan.

O‘z navbatida, mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li bu hodisa hech qanday siyosiy motivlarga ega emasligini ta'kidlab o‘tdi. Fevral oyida regulyator agentlik tashkilot faoliyatining yetarli darajada shaffof va ochiq emasligini ro‘kach qilib, bank rahbariyatini almashtirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid