Turkiya hukumati Istanbulda Fathulloh Gulenning birinçi advokati Örxon Erdemlini qölga olgan. Bu haqda Sabah naşri xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, advokat tongda ötkazilgan maxsus amaliyot natijasida qölga olindi. Qayd etilişiça, uşbu huquqşunos 21 yildan buyon Gulen bilan hamkorlik qilib keladi.
2016 yilning 15 iyuli oqşomida Turkiya Qurolli kuçlari zobitlari taşabbusi bilan davlat töntarişiga uriniş bölib ötdi. Rasmiy Anqara bu harakat ortida Fathulloh Gulenning taşkiloti FeTO turganini e'lon qildi. Şundan keyin tozalaş işlari boşlanib, minglab kişilar qölga olindi, ön minglab kişilar işdan haydaldi, 1999 yildan buyon AQŞda istiqomat qilib kelayotgan Gulen bilan aloqador minglab taşkilotlar yopildi.

















