Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiyada Gulenning jiyani yetti yarim yilga qamaldi
Anqara sudi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanayotgan Fathulloh Gulenning jiyani Salmon Gulenni 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda HaberTurk telekanali xabar berdi.
FETO tashkiloti rahbarining jiyani "qurollangan terrorchilik guruhiga a'zolik"da aybdor deb topildi. Salmon Gulen 2017 yil dekabrda hibsga olingandi.
Turkiya hukumati Gulenning FETO tashkilotini 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. AQShda yashayotgan Gulen esa bu ayblovni rad etmoqda.
Avvalroq Tramp Erdo‘g‘anga Gulenni Turkiyaga topshirish masalasi ustida ish olib borilayotganini aytgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:46
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026