Anqara şahri meri Meliy Gökçekning fikriça, Turkiya şimoli-ğarbida ikki kundan buyon davom etayotgan yer silkinişlari sun'iy hosil qilinayotgan bölişi mumkin. U davlat töntarişi amalga oşirişga uringan kuçlar Turkiyada zilzilalar hosil qilayotganini taxmin qilgan.
Bugun Turkiyaning Egey dengizi sohillarida 5,3 ballik zilzila röy berdi. Zilzila markazi Çanoqqal'a viloyati Ezine şahridan 36,7 km janubi-ğarbda, 6,8 km çuqurlikda joylaşgan.
Avvalroq, Yevropa Örta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) 6 fevral kuni ertalab Turkiyaning ğarbiy sohilida 5,2 ballik yer silkinişi kuzatilgani haqida xabar qilgandi.
Çanoqqal'adagi zilzila Ayvajik şahri hududida 102ta uyning qulaşiga sabab böldi, kamida 5 kişi jabrlandi.
"Çanoqqal'ada kuçli yer qimirlaşi sodir böldi. Men qandaydir kemaning şu hududda seysmik tadqiqotlar ötkazayotganini aniqladim. Bu kema qanday kemaligini, qaysi davlatga tegişligini ham aniqlaşimiz kerak. Men zilzilalar sun'iy tarzda hosil qilinayotgan bölişi mumkinligidan xavotirdaman. Buni jiddiy tekşiriş va natijalarini jamoatçilikka ma'lum qiliş kerak", — deya yozgan mer öz tvitterida.
Uning sözlariga köra, zilzilalar ötgan yilning yozida Turkiyada davlat töntarişini amalga oşirmoqçi bölgan Fathulloh Gulen tarafdorlari tomonidan sun'iy ravişda hosil qilinmoqda.
"Ular hozirda Turkiyaga zarar yetkazişga intilişmoqda. Ular Istanbuldan uzoq bölmagan hududda zilzila hosil qilişayotgan bölişi mumkin. Kimlardir bu gaplarim uçun mening ustimdan kulişi ham mumkin, ammo bu meni taşvişga solmaydi. Marmar va Dardanell suvlarida suzib yurgan barça suv osti kemalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan böladi. Ularni nazoratga oliş kerak", — deya qöşimça qilgan Anqara meri.

















