Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2015 yilgi Zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha
QARORI
ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 84.000 (sakson turt ming) so‘m ekanligini e'tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 7.140.000 (Yetti million bir yuz qirq ming) so‘m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya'ni 178.500 (bir yuz yetmish sakkiz ming besh yuz) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma'qullansin!
Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin!
(Masalan 2015 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 1.600 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 3.200 so‘m bo‘ladi).
Fidya miqdori uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10.000 (o‘n ming) so‘m deb belgilansin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ulamolar kengashi raisi, muftiy Usmonxon ALIMOV
Manba: muslim.uz
Mavzuga oid
14:06 / 17.02.2026
2026 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
16:59 / 28.02.2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
17:28 / 24.03.2023
2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
11:20 / 25.04.2022