Zakotini hisoblaşni istagan foydalanuvçilar unda nafaqat naqd pul va tillalaridan, şuningdek, tijorat mollari, investitsiyalari, köçmas mulk, qarzlar hamda özlari yurgizayotgan biznesdan ham zakotlarini qadamma-qadam hisoblaşlari mumkin.

Zakot kalkulyatori Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan foydalanişga tavsiya qilingan va Toşkent islom instituti öqituvçilari tomonidan tekşirilgan.

Zakot kalkulyatori bilan https://zakotim.uz/ veb-saytida tanişiş va bepul foydalaniş mumkin. Loyihaning yangiliklari Telegram tarmoğida e’lon qilib boriladi.

Avvalroq, Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2022 yil uçun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qilgan edi.

Unga köra, zakotning tillodan nisobi 85 gramm bölib, bugungi kunda 1 gramm tilloning örtaça narxi 400 000 (tört yuz ming) söm ekani e’tiboridan, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (öttiz tört million) söm deb belgilangan.

«Şunga köra, zarur ehtiyojdan taşqari bir yil davomida 34 million söm va undan ortiq mablağga yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moliga ega bölgan musulmon kişi jami mablağining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambağal va faqirlarga beradi», — deyiladi Musulmonlar idorasining qarorida.