Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda qullikka mahkum qilingan qirg‘izistonlik oila qutqarib qolindi
Qirg‘izistonlik oila Qozog‘istonda qullikdan qutqarib qolindi. Bu haqda “Zamondosh” assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilning 2 iyul kuni Qirg‘iziston fuqarosi M.N. raqifasi va uch nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Qozog‘istonning Olmaota viloyatiga ishlagani boradi. Unga chorvaga qaragani uchun oyiga yuz ming tenge maosh olishini va’da qilishadi. U yerda uni Ibragim ismli kishi bilan tanishtirishadi. Ibragim unga oyiga 60 ming tengegacha berishini aytadi. U besh oy davomida chorva boqadi. Homilador xotinini esa ertasi kundanoq sut sog‘uvchilikka yollashadi. Bolalarni esa uyga qamab qo‘yishadi. O‘tgan davr mobaynida unga 30 ming tengegina to‘lashadi.
Ma’lum qilishlaricha, u singlisining dafn marosimini bahona qilib, Olmaotaga boradi. U yerda “Zamondosh” assotsiatsiyasining vakili bilan uchrashadi va IIV vakillari yordamida vataniga qaytishga muvaffaq bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026