09:56 / 30.12.2015
12940

Biznesmen Murod Nazarov Toshkentda mahorat maktabi o‘tkazdi

Toshkentdagi “Avalon” biznes markazida Murad Buildings kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov tomonidan xayriya mahorat maktabi o‘tkazildi. Tadbirdan to‘plangan mablag‘ Gematologiya va qon quyish institutiga taqdim etildi.

Mahorat maktabining mavzusi shaxsiy hayot va biznesdagi muvaffaqiyat sirlariga bag‘ishlandi. Ma'ruzachi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, faoliyati davomida ishlab chiqqan prinsiplarini aytib o‘tdi, ishtirokchilarning asosiy qismini tashkil qiluvchi yosh tadbirkorlar yoki endi o‘z biznesini ochishni istayotganlarning savollariga javob berdi.

Murod Nazarov bunday yig‘ilishlarni muntazam ravishda o‘tkazib boradi. O‘tgan yilgi mahorat maktabida 70 nafarcha kishi qatnashdi. Navbatdagi mahorat maktabi 22 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Top