Quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarovning daraxt kesişga joriy etilgan moratoriy örniga kompensatsion ekiş va “daraxtlar banki” tizimini joriy etiş haqidagi taklifiga Ekologiya vazirligi munosabat bildirdi.
Vazirlikning qayd etişiça, Özbekiston dengiz va okeanlarga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan mamlakat sifatida, kislorod manbalari va karbonat angidridni yutiş imkoniyatidan mahrum. Şu bilan birga, mamlakat hududining 60 foizidan ortiği çöl va yarim çöllardan iborat bölib, iqlim özgarişlariga nisbatan juda zaif hisoblanadi.
Şuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim isişi global örtaça körsatkiçlardan ikki baravar tezroq ketmoqda. Sönggi 30 yilda mintaqada harorat 1,5°C ga kötarilgan bölsa, bu global örtaça 0,7°C ga teng. Şunday şaroitda yaşil hududlar ekologik muvozanatni saqlaşda hayotiy ahamiyatga ega bölib, daraxt kesişga qarşi moratoriy aynan şu maqsadni közlagan, demoqda vazirlik.
Bayonotda aytilişiça, rivojlangan davlatlar tajribasi daraxt kesişga qat’iy çeklovlar atrof-muhitni muhofaza qiliş va barqaror şaharlaşuvning samarali vositasi ekanini körsatmoqda:
- Germaniyada nafaqat örmonlar, balki şahar daraxtlari ham qonun bilan muhofaza qilingan. Jamoat joylaridagi noqonuniy kesilgan har bir daraxt uçun 50 ming yevrogaça jarima belgilanadi. Bunday holatlarda kompensatsion çoralar qat’iy nazorat ostida böladi.
- Buyuk Britaniyada daraxtni saqlab qoliş böyiça berilgan order (Tree Preservation Order) talablari buzilgan taqdirda, 20 ming funtgaça jarima yoki çeklanmagan jarima va ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. 2023 yilda maşhur Sycamre Gap daraxtini kesgan şaxs 4 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilingan.
- Qozoğistonda Jinoyat kodeksining 340-moddasiga köra, noqonuniy daraxt kesiş oylik hisoblaş körsatkiçining 160 baravari (taxminan 1 181 dollar) miqdorida jarima yoki 40 kungaça hibs jazosi bilan jazolanadi. Mulk musodara qilinişi ham mumkin.
- Rossiyada Jinoyat kodeksining 260-moddasi asosida 1 mln rublgaça (12 770 dollar) jarima yoki 4 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi mavjud. Şuningdek, texnika musodara qilinişi va zarar kompensatsiyasi ham talab qilinadi.

















