Quriliş sohasidagi tadbirkor Murod Nazarov IMAN podkastidagi çiqişida oxirgi paytlarda qurilişi endi boşlanayotgan uy uçun pul tikayotganlar köpayib ketganiga urğu berib, bunga haddan ortiq berilib ketmaslikka çaqirdi.

“20 ming, 30 ming pulingiz bölsa, poydevor holatidagi uyga (“pod kotlovan”) tiking, deb aytyapsizlar. Men 50 ming, 100 ming, 1 mln dollar pulim bölsa ham, “pod kotlovan”ga tikib, bu narsaga berilib ketişdan har doim qaytarganman, qaytaraman ham. Nimaga? Juda köpçilik şunaqa qilyapti. Okey, men buni notöğri demayman. Çunki boşqa investitsion imkoniyat yoki yeçim yöq. Lekin aslida notöğri narsa. Köçmas mulkni kerak bölsa oliş kerak, kerak bölmasa oliş kerak emas. Köpçilik uyni poydevor holatida ertaga sotaman deb olyapti. Oçiğini aytiş kerak, bitganidan keyin narxi oşişi mumkin, ammo hamma ham uyni sota olmayapti. Çunki unaqalar köpayib ketdi.

Undan köra, arzon böladimi yoki qimmat, kerakli odam olsin. Zarur emas narsaga pul tikkandan köra, mablağni jonli biznesga yönaltirib, uni aylantirsa va qiymat yaratilsa. Bunda vaqt ötişining hisobiga narx oşadi emas, qöşimça qiymat evaziga daromad kelsa, bu yöqdan bor bölgan hisoblanmaydi-da, iqtisodiyotda, jamiyatda va bozorda qiymat yaratilganining hisobiga haqiqiy ösiş paydo böladi”, deydi Murod Nazarov.