Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida 1245 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 9 mingdan ortiq maslahatchisini saylash ko‘zda tutilgan
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2016 yil 19 martdagi qaroriga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi va tadbirlar rejasi tasdiqlanib, ayni paytda tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
Samarqand viloyatida 1245 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 9 mingdan ortiq maslahatchisini saylash ko‘zda tutilgan. Jumladan, Bulung‘ur tumanidagi 62 fuqarolar yig‘inida ham saylovlar o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
“Qo‘ng‘irot” mahalla fuqarolar yig‘inida yetti kishidan iborat ishchi guruh tuzilgan. Bulung‘ur suv xo‘jaligi korxonasi xodimi, shu mahallada yashovchi Norqo‘zi Ochilov ishchi guruh raisi etib saylangan.
– Komissiyaning dastlabki yig‘ilishida a'zolarning vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, ular hududlarga biriktirildi, – deydi tuman ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Zamira Aliqulova. – Komissiyaning 11 kishidan iborat ishchi guruhi tashkil etildi. Komissiya va ishchi guruh a'zolari avvalo o‘zlari biriktirilgan mahallada aholi o‘rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bordi. Saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish 1 aprelga qadar yakuniga yetkazildi.
Mavzuga oid
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026