Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi
Toshkent viloyatida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Seminarda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim omili bo‘lgan saylov institutining mustahkam huquqiy asosi yaratilgani alohida ta'kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi bir-birini to‘ldiruvchi, mustahkamlovchi qonunlar bunda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
– May-iyun oylarida o‘tkaziladigan saylovda viloyatimizda 1 ming 158 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ortiq maslahatchisi saylanadi, – deydi fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Toshkent viloyati komissiyasi raisining o‘rinbosari Islomjon Ergashxo‘jayev. – Fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi muqobillik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilishi qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan.
Seminarda saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi hududiy komissiyalar hamda ishchi guruhlar oldida turgan vazifalar xususida fikr almashildi.
Mavzuga oid
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026