Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dod shahri atrofida 3ta terakt amalga oshirilishi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi
Iroq poytaxti Bag‘dod shahri atrofidagi hududlarda 3ta bomba portlatildi. Reyter agentligining politsiyachilar va tibbiyot xodimlariga asoslanib xabar berishicha bu teraktlar tufayli kamida 14 kishi halok bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishicha, Bag‘dod janubidagi Saydiya tumanida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Natijada 11 kishi vafot etgan va 30 kishi jarohatlangan. Yana bir portlash Bag‘doddan 25 km shimoldagi Tarmiya shahriga ketish yo‘lida amalga oshirilgan va bu yerda 2 kishi halok bo‘lib, 6 kishi jarohatlangan. Uchinchi portlash esa Bag‘doddan 30 km janubdagi Halis shaharchasiga ketish yo‘lida sodir etilgan. Bu portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan.
Hozircha bu portlashlar tufayli hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
30 aprel kuni Bag‘dod shahridagi parlament oldida shialar yetakchisi Muqtado Sadr rahbarligida hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazildi. Bu namoyish 1 may kuni ham davom etdi.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025