Jahon | 10:06 / 02.05.2016
14926
2 daqiqa o‘qiladi

BMT aprel oyida Iroqdagi teraktlar tufayli qurbon bo‘lganlar sonini ma'lum qildi

Iroqda to‘xtamayotgan zo‘ravonlik oqibatida aprel oyida 741 kishi halok bo‘ldi, 1374 kishi jabrlandi. Bu haqda 1 mayda BMTning Iroqqa ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha missiyasi hisobotida aytildi.

"2016 yil aprelda Iroqda teraktlar, qurolli to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklar oqibatida umumiy hisobda 741 iroqlik halok bo‘ldi, yana 1374 nafari jarohatlandi. Tinch aholi orasidagi qurbonlar soni 410 kishini (jumladan 11 nafar federal politsiya, maxsus qo‘riqlash xizmati, "As-Sahvo" sunniy lashkarlari, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari) tashkil qiladi, 973 kishi jabrlandi", deyilmoqda xabarda. "Shuningdek, Iroq xavfsizlik kuchlarining 331 nafar xodimi (jumladan, "peshmerg" kurd hukumatparast tuzilmalari, Iroq armiyasiga ro‘yxushlik qiluvchi maxsus xizmat va militsiya xodimlari) halok bo‘ldi, 401 nafari yaralandi", deyilmoqda hisobotda.   

"Qon to‘kilishi va ayniqsa hujumlar va qurolli to‘qnashuvlar oqibatida yuqori haq to‘layotgan tinch aholi o‘rtasida kimningdir hayoti tugashini ko‘rish og‘irdir", deb aytdi missiya boshlig‘i Yan Kubish.

Mart oyida esa 1119 nafar iroqlik halok bo‘lgan, 1561 nafari yaralangandi.

Iroqning deyarli uchdan bir qismi ikki yildan beri IShID jangarilari nazoratida qolmoqda. Xalqaro hamjamiyatning ko‘magi va jumladan 2015 yil dekabrida Ramadining ozod etilishi kabi frontlardagi ba'zi muvaffaqiyatlarga qaramasdan, Iroq hukumati vaziyatni o‘zgartirib, terrorchilarni to‘liq yo‘q qila olmayapti.

Mavzuga oid