Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denis Istomin Madriddagi ATP turnirining asosiy bosqichini g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Ispaniyaning Madrid shahrida davom etayotgan nufuzli Mutua Madrid Open turnirining asosiy bosqichini g‘alaba bilan boshladi.
Bungacha O‘zbekiston vakili dastlabki o‘yinlarida ispaniyalik Albert Montanesni 6:4, 6:3 hisobida, qozog‘istonlik Mixail Kukushkinni 6:2, 2:6, 6:3 hisobida mag‘lub etib asosiy to‘rga yo‘llanma olgandi.
Asosiy to‘rning birinchi bosqichida Istomin rossiyalik Teymuraz Gabashvili bilan kuch sinashdi. 1 soat davom etgan o‘yinda Denisning qo‘li baland keldi va raqibini 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi. Gabashvili o‘yin davomida 4 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ygan.
Endilikda Istominga keyingi bosqichda endi chexiyalik Tomash Berdix raqiblik qiladi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 4 771 360 yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:42 / 26.02.2026
Yanukovichning sobiq maslahatchisi o‘ldirilishi: gumonlanuvchi GFRda ushlandi
09:30 / 19.01.2026
Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024