Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:58 / 02.05.2016
13066
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda yuk mashinasi ustiga elektr simlari qulashi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Telangan shtatidagi Medak okrugi hududida yuk mashinasi ustiga elektr simlar tushib ketishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘lgan va 15 kishi jarohatlangan.
Bu hodisa 1 may kuni, 20dan ortiq kishi mingan yuk mashinasi Nizomoboddagi to‘y marosimidan qaytishi chog‘ida ro‘y bergan.
IANS agentligi xabariga ko‘ra, barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga olib borilgan, jarohatlanganlarning 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish