Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvga 100 foiz tayyor, Kazemiro va Benzema uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi oldidan jamoadagi jarohatlar borasida gapirib o‘tdi.
«Krishtianu Ronaldu soppa-sog‘, u barchasiga 100 foizga tayyor va o‘yinda o‘ynay olishi mumkin.
Benzema va Kazemiro bo‘yicha vaziyat esa boshqacha. Biz tavakkal qila olmaymiz, tarkibimiz ancha keng, shu boisdan ham tavakkal qilib o‘tirishimiz shart emas.
Ronalduni hech qanday muammolar bezovta qilmayapti. U o‘yinga 100 foiz tayyor holatda. Barchasi ertaga aniq bo‘ladi.
Men Karim va Kazemiro ham o‘ynashini istagan bo‘lardim, biroq ertaga barchasini ularsiz eplashga harakat qilamiz», – dedi Zidan.
Mavzuga oid
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:32 / 17.08.2025
«Siti» va «Barsa» yirik g‘alabalar bilan boshlashdi. Kun o‘yinlari
12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi
11:59 / 27.06.2025