Sport | 23:21 / 04.05.2016
11907
2 daqiqa o‘qiladi

Belaruslik biatlonchi Domrachyova maxsus xizmat xodimi ekani ma'lum qilindi 

Biatlon bo‘yicha Belarus terma jamoasi yetakchisi, 3 karra Olimpiya chempioni Darya Domracheva 2014 yil iyundan beri Belarus davlat xavfsizligi qo‘mitasi xodimi bo‘lgani ma'lum qilindi. Bu haqda qo‘mitaning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Pobyarjinga iqtibos keltirgan holda belapan.by nashri xabar bermoqda.  

"2014 yil iyundan Domracheva DXX xizmatida bo‘lgan, biroq ayni vaqtda Darya Vladimirovna xizmat xodimi hisoblanmaydi", deb aytdi Pobyarjin. Matbuot xizmati ayol biatlonchi maxsus xizmatda qanday unvonda bo‘lgani va xizmatni qanday sabablarga ko‘ra tark etgani bo‘yicha ma'lumotlarga ega emasligini ta'kidlab o‘tdi.   

3 mayda Belarusning "Dinamo" jismoniy tarbiya-sport jamiyati saytida Domracheva Belarus DXXning tergov qo‘mitasida katta leytenat unvonida xizmat o‘tayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Keyinroq bu ma'lumot o‘chirib tashlangan.

Aprel boshida 8 karra Olimpiya chempioni, norvegiyalik biatlonchi Ule-Eynar Borndalen Domracheva undan farzand kutayotganini ma'lum qilgan. 

29 yoshli Domracheva ikki karra jahon chempioni (2012 va 2013 y.) va ikki karra jahon kubogi sohibasi (2014 va 2015 y.) hisoblanadi. Biatlonchi 2014 yilgi Sochi Olimpiadasida uchta oltin medal qo‘lga kiritgan. Sportchi joriy mavsumni kasalligi tufayli o‘tkazib yubordi.

Mavzuga oid