Jahon | 10:05 / 04.05.2016
13791
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi shaxtada gaz portlashi tufayli 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning janubi-sharqidagi Yunnan shahrida joylashgan kon shaxtasida gaz portlashi tufayli kamida 6 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda "Sina" agentligi xabar tarqatgan.

Bu hodisa Chjaotun okrugining Yantszin uyezdida ro‘y bergan.

Hodisa joyiga qutqaruv guruhi yo‘llangan. Jabrlanuvchilarning aniq miqdori haqida ma'lumot yo‘q.

Politsiya voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan. Bu hodisaga aloqador bir necha kishi qo‘lga olingan, ularning shaxsi ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid