Turkiya YeI bilan vizasiz bordi-keldi shartlarini bajarganini iddao etmoqda
Turkiyaning YeI ishlari bo‘yicha vaziri Vulqon Bozkirning Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bergan bayonotiga ko‘ra, Turkiya hukumati o‘zaro vizasiz bordi-keldi tartibini joriy qilish uchun YeI tomonidan ilgari surilgan 72ta shartni to‘liq bajargan.
"Biz Turkiya Respublikasi mazkur masala yuzasidan bildirilgan 72ta band bo‘yicha majburiyatlarimizni bajardik, deb hisoblaymiz. Yevrokomissiya bu boradagi o‘z hisobotini e'lon qildi va bizning qarashimizni sezilarli darajada tasdiqlaydi. Albatta, biz YeI vakillari bilan ayrim jihatlarga oydinlik kiritib olishimiz kerak. Balki, bizning qo‘shimcha ma'lumotlarimiz talab etiladigan ba'zi mavzular qolgandir", - degan Turkiya vaziri.
Bozkir, shuningdek, viza liberallashuvi jarayoni iyun oyigacha to‘liq yakunlanishiga umid bildirgan.
O‘z navbatida, Turk tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Yevropa komissiyasining qaroridan so‘ng, Anqara "YeI bilan vizalarni ikki tomonlama bekor qilishga juda yaqin turibdi", - degan fikrni bildirgan.
"U, YeI bilan munosabatlarimizda yangi sahifa ochadi", - deb ishonch bildirgan tashqi ishlar vaziri, "Turkiyaning asosiy maqsadi YeIga a'zo bo‘lish" ekanini e'tirof etgan.
Mavzuga oid
08:08
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
18:48 / 05.11.2024