Jahon | 19:21 / 05.05.2016
40680
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada yangiliklar milliy xizmati muharriri o‘ldirib ketildi

Moskvada yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov o‘z xonadonida o‘ldirib ketildi. Bu haqda agentlik saytida xabar qilindi

“Bizning do‘stimiz va birodarimiz, yangiliklar milliy xizmati muharriri Aleksandr Rubtsov halok bo‘ldi. U 35 yoshda edi. Oxirgi ikki yil davomida uning ovozini “Nashe radio”, Rock FM, Best FM va “Radio JAZZ” radiostansiyalarida tinglagansiz”, - deyiladi xabarda. 

Qotillik 3 may kuni sodir etilgan. Uning tanasida ko‘plab tig‘ jarohatlari hamda zarba izlari topilgan. 

29 aprel kuni Aleksand Rubtsov so‘nggi marta efirga chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid