18 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Balaşixaning Jyeleznodorojniy mikrorayoni va qöşni Lyubersi şahridan olingan suratlar tarqaldi. Ularda avtomobillar, deraza tokçalari, kiyim-keçak va boşqa yuzalar qora modda bilan qoplanganini köriş mumkin.

Şuningdek, köplab fuqarolar havoda kuçli yoniş hidi sezilganidan şikoyat qilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari mazkur holatni 18 iyunga ötar keçasi Ukraina dronlari hujumiga uçragan Moskva neftni qayta işlaş zavodidagi yonğin oqibatlari bilan boğlamoqda.

Ma’lumotlarga köra, bunga öxşaş “neft yomğirlari” avval ham Rossiyaning Tuapse, Perm, Ribinsk va Ryazan şaharlaridagi neftni qayta işlaş zavodlariga qilingan hujumlardan keyin kuzatilgan.

Şu bilan birga, Moskva ekologiya monitoringi xizmati havodagi zararli moddalar miqdori belgilangan me’yordan oşmaganini ma’lum qildi. Moskva viloyati Ekologiya vazirligi ham “neft yomğiri” haqidagi ma’lumotlarni rad etib, aholi kuzatgan holat oddiy qurum çökindilari ekanini bildirdi.

Vazirlik bayonotiga köra, Balaşixada kuzatilgan zarraçalar peçka yoki gulxan yonganda hosil böladigan qurumga öxşaydi. Rasmiylar havoda zararli moddalar konsentratsiyasi oşmaganini ta’kidlagan.

Biroq ehtiyot çorasi sifatida aholiga uydan çiqmaslik va derazalarni yopiq saqlaş tavsiya qilindi. Bu qurum zarraçalarining nafas yöllariga tuşişining oldini oliş maqsadida qilingan.

Mustaqil meteorologlar esa Moskvadan şarq tomondagi hududlarda yonğin mahsulotlari aralaş yoğingarçilik yana bir sutka davomida kuzatilişi mumkinligini bildirmoqda.

18 iyunga ötar keçasi Moskva va Rossiyaning bir qator hududlari Ukraina dronlarining yirik hujumiga uçragan. Moskva meri Sergey Sobyanin dronlar Moskva neftni qayta işlaş zavodiga zarba berganini tasdiqlagan.

Yonğin mahalliy vaqt bilan soat 15:00 atrofida nazorat ostiga olingan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar bölmagan. Bu mazkur zavodga bir hafta içida qilingan ikkinçi hujum hisoblanadi.

Rossiyaning TASS agentligi ma’lum qilişiça, uşbu dronlar hujumi sönggi ikki yil içida Moskvaga qarşi amalga oşirilgan eng yirik havo hujumlaridan biri bölgan.