Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun neft narxini oshirmoqchi
Saudiya Arabistoni iyunda osiyolik neft importchilariga neftning rasmiy narxini oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Blumberg agentligi.
Saudiya Arabistoni davlat kompaniyasi Saudi Aramco Osiyo uchun Arab Light neft markasi narxini 1,1 dollarga oshirishi kutilmoqda, bu narx Ummon va Dubay markalaridan 0,25 dollarga qimmat bo‘ladi.
Shu tariqa osiyolik xaridorlar uchun Arab Light navi iyunda 2015 yil sentabridan beri eng qimmat narxda bo‘ladi, deb ta'kidlamoqda agentlik.
Bundan tashqari, Saudi Aramco kompaniyasi qolgan yetkazib beruvchilar bilan narxdagi tavofutni 3,95 dollarga oshirib, Arab Super Light nefti narxini 1 dollarga va tafovutni 2,6 dollarga oshirib, Arab Extra Light nefti narxini 80 sentga oshirmoqchi. Yaqin Sharq neft navlari uchun etalon narxlar fevral oyidan 60 foizdan ortiqroqqa oshdi.
Aramco nef narxini mijozlar tavsiyalari va neft narxining oxirgi oydagi o‘zgarishi, uning daromadligi va ishlab chiqarishga xarajatlar asosida o‘rnatadi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
07:09 / 02.06.2026