Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krasnoyarskda Obama nomi bilan muzqaymoq chiqarila boshlandi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi "Slavitsa" kompaniyasi "Obamka" brendi ostida shokoladli-qaymoqli muzqaymoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya xabariga iqtibos keltirgan holda FlashSiberia ma'lum qildi. Muzqaymoq ishlab chiqarilishi Naberejniye Chelnidagi zavodda yo‘lga qo‘yilgan.
"Muzqaymoq dunyodagi joriy siyosiy vaziyat va AQSh prezidenti Barak Obamaning ketishi bilan bog‘liq holda ishlab chiqarilmoqda", deyildi kompaniyada.
Muzqaymoq o‘ramida sobiq ittifoq vaqtidagi "Chunga-Changa" multfilmidagi obrazdan foydalanilgan: o‘ramda multfilmdagi chap qulog‘ida sirg‘a bo‘lgan qora tanli bola qiyofasi tasvirlangan.
Kompaniya saytida "Obamka" hozircha ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro‘yxatida berilmagan, biroq unda kompaniya "muzqaymoq ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiya an'analariga amal qiluvchi birinchi milliy kompaniya" ekanligi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
10:30 / 03.03.2026
Krasnoyarskda 12 nafar o‘zbekistonlik: diplomatlar vaqtincha saqlash markaziga bordi
08:51 / 07.11.2025
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
19:18 / 18.08.2025
Sanepidqo‘mita o‘limga olib keluvchi muzqaymoq haqidagi xabarga ishonmaslikka chaqirdi
07:41 / 31.07.2025