Ayni paytda mazkur markazda 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. Tashrif davomida yashash sharoiti o‘rganilib, vatanga tezroq qaytish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, konsullik vakillari markazda saqlanayotgan vatandoshlarimizning iltimos va istaklarini tinglagan, shuningdek, Krasnoyarsk hududidagi huquqbuzarliklarining xususiyati bo‘yicha ma’lumotlarni qayd etgan.
Uchrashuvda muassasa rahbariyati fuqarolarning ushbu markazda bo‘lish muddati haqida ma’lumot bergan. Shu bilan birga mehnat shartnomalari va patentlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar, ularning oldini olish choralari yuzasidan fikr almashilgan.
Yurtdoshlar Bosh konsulxona tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, xodimlarning hurmati hamda yaratilgan maishiy sharoitlarni ijobiy baholagan.
Ayni paytda Bosh konsulxona tomonidan mazkur muassasada bo‘lib turgan 5 nafar fuqaroni yaqin kunlarda vatanga qaytarish masalasi hal etilmoqda. Qolgan 7 nafar hamyurtni ham tez fursatda O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgani ta’kidlandi.











